Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi ijodiy g‘oyalarga turtki berayotgan biyennale
15:50 / 2022-10-24

IX Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi doirasida Toshkent Foto uyida O‘zbekiston va xorijlik rassomlarning asarlaridan iborat fotoko‘rgazma ochildi.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining "Fotorassomlar sho‘’basi" a’zolari Iskandar Sodiqzoda, Vladimir Jirnov, Abdug‘ani Jumayev, Vladimir Shlosberg, Viktor An va boshqa ko‘plab fotorassomlar ijodi bilan tanishish mumkin. Shunindek, bu yerda Turkiya, Hindiston, Litva, Eron, Bangladesh kabi chet davlatlar fotoijodkorlarining ishlari ham ekspozitsiyaga qo‘yilgan. 
 
Garchi fotorassomlar ijodi "Rassom va tabiat" mavzusiga qaratilgan bo‘lsa-da, fotoasarlar rang-barang janrlarni o‘ziga qamrab olgani bilan e’tiborlidir. 
 
–Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi ijodkorlar uchun yangi-yangi g‘oyalarga turtki berishi bilan ahamiyatlidir, – dedi taniqli fotoijodkor Iskandar Sodiqzoda. – Taqdim etilgan asarlar shunchaki fotosurat bo‘libgina qolmasdan, ularda teran falsafa, rassomning tomoshabinga aytmoqchi bo‘lgan, odamlarni undamoqchi bo‘lgan teran g‘oya mujassam. Shu sababdan mazkur Xalqaro biyennale san’at ixlosmandlarini, ijodkor ziyolilarni o‘ziga jalb etmoqda. 
 
Ko‘rgazma zallaridan birida hozirda Londonda yashab, ijod qilayotgan hamyurtimiz Yunus Safardiyorning erkin janrdagi asarlari ham tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan. 


 
Nazokat Usmonova, O‘zA