Yangi hujjatli film suratga olinmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida Buyuk Britaniyaning BBC teleradiokorporatsiyasining bo‘linmasi — BBC Natural History ning suratga olish guruhi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Bu jamoaning so‘nggi bir yil ichida O‘zbekistonga uchinchi tashrifi bo‘ldi. Tashrifdan kutilgan maqsad — sayyoramizning biologik xilma-xilligiga bag‘ishlangan “Home: Asia” hujjatli serialining epizodlaridan birini suratga olish. Loyiha National Geographic bilan hamkorlikda Disney+ platformasi uchun amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda ijodiy guruh Orol dengizining sobiq tubi — noyob ekotizimga aylangan Orolqum cho‘lining yovvoyi tabiatini tasvirga olmoqda. Jamoa asosiy e’tiborni hayratlanarli darajada go‘zal cho‘l landshaftlarida yashovchi noyob fauna turlariga qaratadi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri