Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi hayotlik saylovchilar bilan uchrashuv
16:31 / 2021-10-12

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimovning saylovoldi dasturi bilan saylovchilarni tanishtirish maqsadida joylarda nomzodning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda.

“Adolat” SDP Yangi hayot tuman kengashi tomonidan tumandagi 330-maktabda ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi tashkil etildi. Unda partiya faollari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlari hamda yangi hayotlik saylovchilar ishtirok etdi.  

Uchrashuvda dastlab nomzodning ishonchli vakili Sadriddin Turobjonov so‘zga chiqib, nomzodning tarjimai holi bilan saylovchilarni yaqindan tanishtirdi. So‘ng saylovoldi dasturidan o‘rin olgan har bir bandga alohida to‘xtalib, undagi g‘oyalar mazmunini, aniq reja va maqsad-vazifalar mohiyatini tushuntirdi.  

– Nomzod o‘z saylovoldi dasturida mamlakat boyligi bo‘lgan yer, o‘rmonlar, mineral resurslar va boshqa tabiiy resurslar mansabdorlarga emas, so‘zsiz xalqqa tegishli bo‘lishi kerakligini ilgari surmoqda, — dedi  nomzodning ishonchli vakili. – Shuningdek, biz mamlakat poytaxtini kengaytirish va rivojlantirish tarafdordorimiz. Partiyamiz nomzodi bu borada mavjud uy-joy va xonadonlarni buzish evaziga emas, poytaxtning ma’muriy markazini, ya’ni Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va davlat idoralarini shahardan tashqariga chiqarib, poytaxtni xalqimizning dam olish, sayohat qilish va hordiq chiqarish maskaniga aylantirishni bosh maqsadlaridan biri deb biladi. Poytaxtni tom ma’noda xalqqa beramiz.

Uchrashuvda, shuningdek, partiya faollari ham saylovoldi dasturda belgilangan ustuvor maqsadlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Saylovchilarning savollariga javoblar qaytarildi.  

 

Mehriniso Bobonazarova,

“Adolat” SDP Toshkent shahar kengashi matbuot kotibi

 

(M.Komilova)