English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!”
11:49 / 2023-08-31

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” ko‘rgazmasi ochildi.

Unda P.Benkov Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchilarining ijodiy ishlari va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklarining 300 dan ortiq asarlari namoyish etildi.  

Ma’lumki, P.Benkov Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktabining tarixi yuz yildan ortiq bo‘lib, mazkur ta’lim dargohida O‘zbekiston tasviriy san’ati asoschilari tahsil olib, saboq bergan. Ushbu rassomlarning asarlari nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijdagi yirik muzeylarda ham namoyish etilgan. Ko‘pgina san’at maktablari o‘qituvchilari oliy davlat mukofotlari va unvonlariga ega.    

Mazkur ko‘rgazmada rangtasvir, grafika, amaliy san’at, liboslar, restavratsiya va boshqa yo‘nalishlardagi ijodiy ishlar namoyish etildi.    

Shuningdek, mazkur vernisaj doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘z asarlarini taqdim etdi. Asarlar mavzusi rang-barang bo‘lib, jumladan, janrli kompozitsiyalar, manzaralar, natyurmort, portret kabilardir.    

Mazkur asarlarda tomoshabinlar davlatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuq va o‘zgarishlarini tomosha qildi.  

 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA