Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi hayot tumanida bayram shodiyonalari
18:24 / 2022-08-25

Ma’lumki, Vatanimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning asrlar davomida ushalmagan orzulari ushaldi. O‘zbekiston va o‘zbeklar degan nom jahonda munosib o‘rin egalladi.

O‘tgan 31 yil. Bu tarix uchun qisqa davr bo‘lishi mumkin. Biroq, shu qisqa davrda mamlakatimiz erishgan yutuqlar salmog‘i asrga teng. Mustaqillikning dastlabki yillari bilan hozirgi kunni bir so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi.

Ayni damda yurtimizda mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda.

Ana shunday bayramlardan biri “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi markaziy apparati tomonidan poytaxtimizning Yangi hayot tumanida bo‘lib o‘tdi.

[gallery-8493]

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, “Azaliy qadriyatlar qadrlangan makon – O‘zbekiston” mavzusida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida tumanda turli sohalarda faoliyat olib borayotgan faollar, faxriylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda mustaqilligimizning o‘tgan 31 yilida xalqimiz bosib o‘tgan mashaqqatli va sinovli davrlar, amalga oshirilgan ishlar ko‘lami, erishilgan yutuqlar, ulkan marra va natijalar bugungi kundagi imkoniyat va qulayliklar to‘g‘risida so‘z bordi.

– Mustaqillik yurtimiz xotin-qizlari hayotida ham keskin burilishlar yasadi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, partiyaning “Ayollar qanoti” Respublika kengashi raisi Gulruh Agzamova. – O‘z bilim va ko‘nikmalari, iste’dodi, kasb-hunari orqali el-yurtda qadr topmoqda. bugungi kunda yurtimizda hech bir soha yo‘qki, unda xotin-qizlarimiz faoliyat yuritmayotgan bo‘lsa. Ayollarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni sezilarli ravishda ortib bormoqda. Bu esa, albatta davlatimiz tomonidan xotin-qizlarimizga yaratilgan shart-sharoitlar, e’tibor samarasi deb bilaman. Bugun Yangi hayot tumanidagi tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Bu kabi tadbirlar xalqimizning asrlar davomida yaratgan oltin xazinasi, milliy urf-odatlarimizni qayta tiklash va yoshlar ongiga singdirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.

Tadbir davomida tumanda istiqomat qilayotgan bir guruh faxriy onaxonlar tomonidan milliy qadriyatlarimiz bo‘lmish, alla, lapar ijro etildi. Taniqli san’atkorlar tomonidan Vatani madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA