English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi gripp shtammi: JSST aholini himoya choralariga chaqirmoqda
15:40 / 2025-12-20

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) sayyoramiz aholisiga qishda o‘zlarini va boshqalarni himoya qilish uchun himoya choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yilgi gripp mavsumi avvalgi yillarga qaraganda taxminan to‘rt hafta oldin boshlangan. Masalan, tashkilotga ma’lumotlarni taqdim etayotgan 38 mamlakatdan kamida 27 tasida yuqori kasallanish darajasi ma’lum qilingan.

– Gripp har qish faslida qaytadi, ammo bu yil vaziyat biroz boshqacha, -deydi JSSTning  Yevropa bo‘yicha mintaqaviy rahbari Xans Kluge. – Infeksiyaning tarqalishi “A” grippi virusining yangi shtammi – “K” subkladasi tomonidan qo‘zg‘atiladi. Uning og‘irroq kasallikka olib kelishi haqida hech qanday dalil yo‘q, ammo bu virusdagi kichik genetik o‘zgarishlar ham sog‘liqni saqlash tizimlariga katta yuk tushirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Emlash har doim ham infeksiyani oldini ololmasa-da, Buyuk Britaniyadan olingan dastlabki ma’lumotlar hozirgi mavsumiy emlash og‘ir kasallik xavfini kamaytirishini tasdiqladi. Emlash ayniqsa yuqori xavf guruhlari - qariyalar, surunkali kasalliklarga chalingan odamlar, bolalar va homilador ayollar uchun og‘ir grippning oldini olishda eng muhim chora bo‘lib qolmoqda. 

Avvalgi yillarda bo‘lgani kabi, maktab yoshidagi bolalar infeksiyaning asosiy tashuvchisi bo‘lib qolmoqda. Biroq kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan og‘ir holatlarning aksariyati 65 yosh va undan katta yoshdagi odamlarda uchraydi. 

Tibbiyotchilar fikricha, gripning oldini olishda emlash eng yaxshi himoya hisoblanishi barobarida bemor uyda qolib, jamoat joylarida niqob taqib chiqish, yo‘talish va aksirish paytida og‘iz va burinni yopishi, qo‘llarni muntazam yuvish va tez-tez yopiq xonalarni shamollatishi infeksiya tarqalishining oldini olishda muhim omil hisoblanadi.

S.Rahimov, O‘zA