Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi g‘oyalar sari ilhomlantiruvchiloyiha
12:11 / 2025-11-22

Buxoro shahridagi 17-maktabda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Science shou” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tashabbus o‘quvchilarning fizika va kimyo fanidan olgan nazariy bilimlarini real hayotiy jarayonlar orqali mustahkamlash, ularda tadqiqot olib borish madaniyatini, tanqidiy fikrlashni, jamoada ishlash hamda aqliy raqobat ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Tadbirda fizika va kimyo fanlaridan asosiy fan olimpiadasining tuman va shahar bosqichida yuqori natija ko‘rsatgan 52 nafar iqtidorli 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar ikki yo‘nalish ya’ni Zakovat – bilim, topqirlik va tezkor tafakkur sinovi, Amaliy tajribalar namoyishi – ilmiy tajribalarni o‘z qo‘llari bilan bajarish orqali nazariya va amaliyot uyg‘unligini ko‘rsatish bo‘yicha bellashdi. 

Qizg‘in bahs-munozaralarga, ilmiy izlanish ruhi va ijobiy raqobatga boy tarzda tashkil etilgan shou o‘quvchilarni yangi g‘oyalar sari ilhomlantirdi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.