Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi g‘alabalarning mustahkam poydevori
14:35 / 2025-12-15

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport harakati yangi bosqichga ko‘tarilayotgani xalqaro maydonda erishilayotgan muvaffaqiyatlarda o‘z aksini topmoqda.

O‘tayotgan yil davomida yurtimiz sportchilari bir qator kompleks musobaqalarda olamshumul natijalarga erishdi. Olimpiya va paralimpiya yo‘nalishidagi sport turlarida 50 dan ziyod jahon va qit’a chempionatlarida 700 ga yaqin medallar shodasi qo‘lga kiritilgani O‘zbekiston sportining xalqaro nufuzi yildan yilga yuksalib borayotganidan dalolat.  

Kuni kecha Birlashgan Arab Amirliklarida 35 davlatning 1 ming 312 nafar yosh para sportchilari ishtirokidagi murosasiz bahslarda matonat va iroda sohibi bo‘lgan hamyurtlarimizning 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medaliga egalik qilgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagani Yangi O‘zbekiston yoshlarining salohiyatini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.

Poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"da V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan yosh para sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya etgan yosh para sportchilarimizga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/EQrGv_sMKb8?si=5zdKREiUivFs6mg3" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

To‘lqin Ro‘ziyev, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA