Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi futbol seksiyasi faoliyat boshladi
15:36 / 2025-10-30

Chirchiq shahri, Bo‘stonliq va Qibray tumanlaridagi yoshlarni sportga keng jalb etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida futbol bo‘yicha “Qilichev Football Team” seksiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda ishtirok etgan universitet rektori Rashid Matkarimov, taniqli murabbiy va sportchilar, futbol bo‘yicha terma jamoa a’zolari 5-14 yoshli bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan seksiyadan kelajakda Vatanimiz dovrug‘ini xalqaro maydonda taratadigan mahoratli futbolchi yoshlar yetishib chiqishiga tilak bildirdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA