Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tengiz”- matonatli ayol haqidagi hayotiy film
22:34 / 2020-08-18

“Oʻzbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Tengiz” filmining ochiq osmon ostida ilk taqdimot namoyishi oʻtkazildi.

“Tengiz”

“Oʻzbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Tengiz” filmining ochiq osmon ostida ilk taqdimot namoyishi oʻtkazildi.

Tadbir avvalida “Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori F.Abduholiqov va boshqalar agentlik tizimida boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida gapirdi, film haqida iliq fikrlar bildirildi.

Kartina qahramoni Tengiz baxtsiz hodisa sabab poyezd ostida qolib, oʻng qoʻli va oʻng oyogʻidan ayriladi. Filmdan dramatik sahnalar, matonatli ayolning keyingi hayoti haqida taʼsirli lavhalar oʻrin olgan.

Rejissyor bu gal ham odatiga xos ravishda bir inson taqdiri orqali jamiyatimizdagi ogʻriqli muammolarni koʻtarib chiqqan. Kinokartina Moʻynoq tumanida suratga olingan.

photo_2020-08-18_22-27-30.jpg

Kartina rejissyori Mansur Abduxoliqov,film ssenariysini Gʻafur Shermuhammad hamda Shuhrat Rizayev yozishgan. Kartinada bosh rollarni Sitora Farmonova, Feruza Saidova, Roza Piyazova kabi mahoratli aktrisalar ijro etishgan.

Film Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq shahrida istiqomat qiluvchi Manzura Erniyozova va uning jasoratiga bagʻishlangan.

Maʼlumot oʻrnida: Mansur Abduxoliqov “Gap”, “Hayvonot bogʻi”, “Arosat”, “Quduq” kabi badiiy filmlarga rejissyorlik qilgan.

Namoyishdan soʻng mutaxassislar va tomoshabinlar film haqida mulohazalar bildirishdi..