Yangi chempionlar nomi ma’lum bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Samarqandda chim ustida xokkey bo‘yicha U-14 yosh toifasida qizlar va U-18 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning yetti viloyatidan kelgan 14 ta o‘g‘il va qizlar jamoalari ishtirok etdi.
[gallery-25347]
Keskin va murosasiz o‘tgan bahslar yakuniy natijalarga ko‘ra, U-18 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar bellashuvida birinchi o‘rinni Samarqand viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarni Namangan va Xorazm viloyatlari jamoalari egalladi.
U-14 yosh toifasidagi qizlar bahsida esa g‘oliblik Xorazm viloyati jamoasiga nasib etdi. Ushbu bellashuvda farg‘onalik qizlar ikkinchi, Buxoro viloyati jamoasi uchinchi o‘rinni band etdi.
Alisher ISROILOV(surat),O‘zA