Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi chempionlar nomi ma’lum bo‘ldi
12:04 / 2025-08-11

Termiz shahridagi «Surxon» sport majmuasida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida B liga 16-21 yosh hamda 22-30 yosh toifasida stritbol bo‘yicha musobaqalarning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada o‘z hududlarida chempionlikni qo‘lga kiritgan mahallalar yoshlaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.  Bellashuvlarda respublika bo‘ylab 224 nafar sportchi ishtirok etdi. 

[gallery-24702]

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 16-21 yoshli xotin-qizlar o‘rtasida Surxondaryo viloyati jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Navoiy va Namangan viloyatlari vakillari keyingi o‘rinlarga ega chiqdi. 22-26 yoshli ishtirokchilar o‘rtasida esa Surxondaryo, Namangan hamda Navoiy viloyatlari jamoalari peshqadamlik qildi. 

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa 16-21 yosh toifasida ham 22-30 yosh toifasida ham Surxondaryo viloyati jamoasiga omad kulib boqdi. 

 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga tashkilotchilar  tomonidan kubok, diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/XpF3fGp8hfM?si=Wo3CSUQI0aDPD_N7" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat,video),O‘zA