FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga qarashli ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabida ot yo‘rttirish bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Laziza Abdullayeva, Abdulaziz Sultonov, Mariya G‘ofurova, Kamila Kisnichan kabi sportchilar ot yo‘rttirish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyon etdi. Shuningdek, ot sportiga endigina kirib kelayotgan Behzod Muxtorjonov, Anna Kim kabi yosh chavandozlar ham o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
[gallery-15181]
10-12 yoshlilar o‘rtasida ot yo‘rttirish bo‘yicha o‘tkazilgan maktab birinchiligida Laziza Abdullayeva tengdoshlaridan mahorat borasida ustun ekanligini namoyon etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal hamda Yangi yil sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mukofot egalari Qorbobo va Qorqiz qo‘lidan sovg‘alarni qabul qilib oldi.
O‘zA fotomuxbiri Muhammad AMIN olgan suratlar.