Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi bosqichdagi hamkorlik
10:58 / 2025-10-31

FOTOREPORTAJ

Migratsiya agentligining Buxoro hududiy filiali va O‘zbekistondagi Yapon madaniyat markazi Buxoro filiali hamkorligida Yaponiya delegatsiyasi – “Aichi Cooperative League of Commerce and Industry”, “International Partnership Center (IPC)” hamda “Kamiyama Gakuin Japanese Language School” kompaniyalari vakillari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Yaponiya hududida mehnat faoliyatini olib borishga jalb etish va tashkiliy ishga yuborish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar o‘rtasida bandlikni rivojlantirish, malaka oshirish va o‘quvchilarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash borasidagi hamkorlik imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro kelishuvni mustahkamlash maqsadida hamkorlik shartnomalarini imzoladi. 

[gallery-26004]

Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerak, viloyatning Shofirkon tumanida 45 nafardan iborat 3 ta guruh shakllantirilib, qurilish, haydovchilik, qariyalarni parvarishlash yo‘nalishlarida yapon tili kurslari yo‘lga qo‘yildi. Yapon tilini o‘qitish uchun ilk marotaba xorijiy mutaxassis – Takagi Yasuo jalb qilindi.

Yaponiyalik mehmonlar Buxoro shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida bo‘lib, uning yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif doirasida “Kamiyama Gakuin Japanese Language School” markazining ochilish marosimi o‘tkazildi. Mazkur o‘quv maskani fuqarolarni xorijda, xususan Yaponiyada ishlash va faoliyat yuritishga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Bu yerda yapon tilini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatish, yapon madaniyati, urf-odatlari va ishbilarmonlik muhitiga moslashuv bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish, xalqaro mehnat bozorida talab etiladigan kasbiy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash rejalashtirilgan.

Tohir ISTATOV  (surat), O‘zA