Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi biznes imkoniyatlari muhokama etildi
13:05 / 2026-02-09

FOTOREPORTAJ

Termiz xalqaro savdo markazi hududida hafta davomida turli tashkilotlar hamkorligida madaniy-ma’rifiy, sport va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazildi. Mazkur tadbirlar aholi va yoshlar uchun mazmunli hordiq, bilim va tajriba almashish imkonini yaratdi.

Dastur doirasida O‘zbekiston va Afg‘oniston oshpazlari ishtirokida “Osh festivali”, o‘zbek va afg‘on yoshlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha xalqaro musobaqa, shuningdek, Qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari tashkil etildi. Ushbu tadbirlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi o‘tkazilib, unda O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari, shu bilan birga Farg‘ona viloyatidan kelgan delegatsiya a’zolari ishtirok etdi. Yarmarka mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, savdo aloqalarini mustahkamlash va eksport salohiyatini kengaytirishga qaratildi.

[gallery-27548]

Tadbir davomida xo‘jalik mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, to‘qimachilik, charm va farmatsevtika sanoati mahsulotlari ko‘rgazmalari ham namoyish etildi.

Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, yangi biznes imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu esa hudud iqtisodiyoti rivojiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA