Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi binolar koʻpaygani yaxshi, ammo ularning mustahkamligichi?
20:07 / 2020-07-01

Ayni paytda roʻy bergan holat boʻyicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda...

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “Nasaf Travel” mehmonxonasi yonida joriy yil 23-iyun kuni yangidan bunyod etilayotgan 5 qavatli binoning yuk koʻtaruvchi temir-beton konstruksiyalarini qulashi natijasida bir nafar fuqaro halok boʻlgan edi. Ayni paytda roʻy bergan holat boʻyicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda...

Bu kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼul xodimlari hamda tegishli soha vakillari Qarshi shahrida yangidan barpo etilayotgan bino va inshootlarda quruvchi va mutaxassislar oʻrtasida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash – eng ustuvor vazifa” mavzusida profilaktik va targʻibot tadbirlarini olib bormoqda.

photo_2020-07-01_20-03-08.jpg

Qarshi shahrida “Qarshi siti” loyihasi boʻyicha qad rostlayotgan 16 qavatli uylarda qurilish ishlarida oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan quruvchi va mutaxacsislar oʻrtasida oʻtkazilgan profilaktik uchrashuv ham ayni shu mavzuga bagʻishlandi.

Tadbirda mutaxassislar qurilishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish, favqulodda vaziyatlar roʻy berganda toʻgʻri harakatlanish va birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan foydalanish tartiblari boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

photo_2020-07-01_20-03-22.jpg

Soha vakillari mazkur qurilish inshootida olib borilayotgan qurilish va montaj ishlari bilan yaqindan tanishib, quruvchi va masʼullarga qurilishda yongʻinga qarshi tadbirlarni meʼyoriy hujjatlar asosida bajarilishi hamda binolarda zamonaviy yongʻindan avtomatik ravishda xabarlash qurilmalarini oʻrnatilishiga alohida ahamiyat berilishi lozimligi xususida tavsiyalar berdi.

Xuddi shunday tadbir Qarshi shahrida zamonaviy tipda bunyod etilayotgan maktab qurilish maydonida ham tashkil etildi. Unda mutaxassislar qurilish obyekti hududida qurilishi rejalashtirilayotgan yongʻinga qarshi suv manbalarini joylashuvi xususida oʻz talab va koʻrsatmalarini berib oʻtdi.

photo_2020-07-01_20-02-51.jpg

Tadbirda qurilish maydonlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yaʼni, yongʻin bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish hamda u yerdagi ishchi-xizmatchilar hushyorligini oshirish maqsadida yongʻin oʻchirish amaliy-taktik oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Dastlab, hosil qilingan shartli yongʻin ishchi-xizmatchilar tomonidan birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari yordamida bartaraf etish tartibi amalga oshirilgan boʻlsa, soʻngra yongʻinni bartaraf etish maqsadida zudlik bilan yetib kelgan yongʻin-qutqaruvchilarining harakati amaliy tarzda koʻrsatib oʻtildi.

photo_2020-07-01_20-02-55.jpg

Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda Qashqadaryo viloyati hududida jami 195 ta yangidan bunyod etilayotgan turli xildagi obyektda qurilish ishlari amalga oshirilayotgan boʻlsa, shundan 65 tasi maktab, maktabgacha taʼlim, tibbiyot va boshqa shu kabi davlat tasarrufida boʻlgan obyektlar hisoblanadi.

– Yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bu boradagi profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish doimo eng muhim vazifalardan sanalgan, – deydi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xodimi Sohib Voyitov.

photo_2020-07-01_20-02-59.jpg

– Viloyat hududida soha vakillari tomonidan reja asosida tashkil etilgan tadbirlar natijasida yongʻinlar sonini keskin kamayishiga erishilmoqda. Yangidan barpo etilayotgan bino va inshootlarni qurishda reja va belgilangan meʼyor talablarni oʻz oʻrnida va oʻz vaqtida bajarilishi juda muhimdir.

Boisi birgina binodagi yongʻinga qarshi amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishi nafaqat binodagi mol-mulkni, balki u yerda faoliyat olib borishi yoki istiqomat qilishi rejalashtirilayotgan koʻp sonli insonlar hayoti xavfsizligi uchun ham dolzarb masala ekanligi hech kimga sir emas.