Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi binoda zamonaviy qulaylik yaratildi
16:50 / 2025-08-27

Qashqadaryo viloyatining yangi Ko‘kdala tumanida barcha davlat va nodavlat tashkilotlarining bo‘limlari qatorida “Sanepidqo‘mita”ning Ko‘kdala bo‘limi ham binosi bo‘lmagani bois tuman markazidagi umumta’lim maktabining foydalanilmay turgan bir nechta xonasida ijaraga joylashgandi. Noqulay sharoit, ustiga-ustak birorta tibbiy uskunaning yo‘qligi ish unumdorligini pasaytirib yuborar, deyarli xizmat ko‘rsatishning imkoni yo‘q edi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik bayramini qo‘mitaning Ko‘kdala bo‘limi jamoasi ham yangi binoda nishonlaydigan bo‘ldi. Bugun bo‘limning zamonaviy binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Ta’kidlash lozimki, tuman markazidagi “Oltin dala” mahallasida joylashgan mazkur ob’ekt 5 milliard 400 million so‘m byudjet mablag‘i  evaziga qad rostladi.  

Uch qavatli binoda parazitologiya, bakteriologiya, epidemiolgiya, dezinfeksiya va sanitariya kabi bo‘limlar mavjud bo‘lib, “Sanepidqo‘mita” tomonidan 120 ming dollarlik yuqori aniqlikda ishlash imkonini beruvchi uskunalar bilan ta’minlandi. 

Endilikda 55 nafar xodim faoliyat yuritayotgan bo‘lim tuman aholisiga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldi.

 [gallery-24987]

– Bir yarim yildan buyon bo‘limda laborant vrach sifatida faoliyat yuritaman, – deydi Hilola Oltiyeva. – Maktab binosida ijarada ishlagan paytimizda laboratoriyalarimiz deyarli ishlamasdi. Chunki imkoniyat yo‘q edi. Yangi binoda esa hamma qulaylik va sharoitlar bor. Har bitta laboratoriyamiz alohida xonalarda joylashgan. O‘ndan oshiq yuqumli kasalliklarni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar olib boryapmiz. Ilgari ushbu kasalliklarni aniqlash uchun aholi Chiroqchi tuman markazi yoki Qarshi shahriga borishga majbur edi. Bu ortiqcha vaqt va mablag‘ talab qilardi. Endi keltirilgan so‘nggi rusumdagi tibbiy apparatlar yordamida tahlillarni shu yerning o‘zida amalga oshirayapmiz. Maqtanish emas, hatto bo‘limga keltirilgan ayrim laboratoriya uskunalari viloyat markazida ham yo‘q. 

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),

O‘zA muxbirlari