Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi bino yosh bokschilar ixtiyorida
11:45 / 2025-07-16

Nukusda yangidan barpo etilgan boks mahorat maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Binoning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etib davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda sportni, shu jumladan, boksni har tomonlama rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

[gallery-24335]

Mamlakatimizning barcha hududlari kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham boks rivojlanmoqda. Rashid Seytov, Ikrom Shamuratov, Sharof Aytboyev, Asqar Jumanov va boshqa fidoyi murabbiylar say’-harakati bilan boks bilan shug‘ullanayotgan yoshlar safi kengaymoqda. Ular turli musobaqalarda faol qatnashmoqda. Jumladan, Kelajagi porloq yosh bokschi Madiyar Daniyarovning joriy yil kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 60 kilogramm vaznda oltin medalni qo‘lga kiritgani Qoraqalpog‘iston boks tarixida yangi sahifa ochdi. Hozirgi kunda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 18 nafar qoraqalpog‘istonlik sportchi bo‘lib, shundan 8 nafari asosiy, 10 nafari zaxira tarkibiga kiritilgan.

Nukus shahri markazida 3,1 milliard so‘m mablag‘ sarflanib yangidan qurilgan boks mahorat maktabi binosi Vatanimiz bayrog‘ini dunyo arenalarida baland ko‘taradigan sportchilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Binoning ochilish marosimida ishtirok etgan nuroniylar, faxriy sportchilar yosh sportchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi  va boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Qoraqalpog‘iston chempionatini tomosha qildi.

Ma’lumot uchun, Nukus shahridagi gimnastika markazi, kurash mahorat maktabi, turon o‘yingohida ham qurilish ishlari davom etmoqda. Endilikda qoraqalpog‘istonlik  yoshlar barcha qulayliklarga ega zamonaviy sport zallarida mashg‘ulotlar olib boradi.

Dovud Abibullayev,  

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA