French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi bino foydalanishga topshirildi
17:53 / 2026-01-10

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasining Yangi Namangan tumani bo‘limi xodimlari yangi yilda yangi ma’muriy binoda ish yuritadigan bo‘ldi.

Qisqa vaqt ichida qad rostlagan ushbu zamonaviy inshoot davlat organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumanining Oromgoh mahallasidagi “Afrosiyob” ko‘chasida “Inshoot invest” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan barpo etilgan mazkur bino qurilishi uchun salkam 4 milliard 352 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Ikki qavatli zamonaviy binoda davlat ijrochilari uchun barcha zarur ish sharoitlari yaratilgan. Shuningdek, bo‘limga murojaat qiluvchi fuqarolar uchun ham qulayliklar ko‘zda tutilgan. Xususan, fuqarolarni qabul qilish uchun alohida, zamonaviy talablarga javob beradigan qabul xonasi tashkil etilgan.

E’tiborlisi, yangi ma’muriy bino energiya tejamkor texnologiyalar asosida bunyod qilingan. Idora quyosh panellari bilan jihozlangan bo‘lib, “yashil energiya” manbalaridan foydalanish orqali elektr energiyasi tejalishi hamda atrof-muhit muhofazasiga hissa qo‘shmoqda.

Mazkur yangi inshoot Majburiy ijro byurosi Yangi Namangan tumani bo‘limi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ochilish tadbirida Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Mirzaahmedov, Yangi Namangan tumani hokimi Adham Qoraboyev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.