FOTOREPORTAJ
Qarshi tumanidagi Yangi Batosh mahallasida 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Mahallada aholi farovonligini ta’minlash va tadbirkorlik rivojiga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Faoliyati yo‘lga qo‘yilgan to‘qimachilik korxonasi, dorixona, minibank, oziq-ovqat do‘konlari va xizmat ko‘rsatish ustaxonalari ham aholiga qulay sharoit yaratishning muhim omillaridan.
[gallery-10738]
Ana shunday tadbirlardan yana biri – mahallada Kasanachilik markazi tashkil etilmoqda. Bu yerda tikuvchilik, charmdo‘zlik, gilamchilik mahsulotlari tayyorlanishi bilan birga kasanachilarga ish ham o‘rgatiladi. Buyurtmalarni tayyorlashni to‘liq o‘zlashtirgan kasanachilarga uyida ishlashi uchun kerakli dastgoh hamda xomashyo beriladi.
Markaz to‘liq ishga tushsa, qariyb 24 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi.
A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA