Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi axborot-resurs markazi
20:55 / 2014-12-15

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabida yangi Axborot-resurs markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabida yangi Axborot-resurs markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xalqaro hamkorligi doirasida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi boshlig‘i, general-mayor A.Qo‘ldoshev yangi axborot-resurs markazi ushbu o‘quv muassasasi kursantlari, professor va o‘qituvchilarining huquqiy bilimini yanada boyitishga xizmat qilishini ta’kidladi. Axborot-resurs markazi kursantlarning nazariy tayyorgarliklarini yuksaltirish, o‘quv mashg‘ulotlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazish imkonini beradi.

Axborot-resurs markazida o‘quv-metodik materiallar, ilmiy adabiyotlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabida o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha komputer dasturlari mavjud. Kutubxona fondida xalqaro va milliy qonunchilikka oid kitoblar jamlangan. Markazning shinam mutolaa zali qulay mebellar, zamonaviy komputer texnikasi va uskunalari bilan jihozlangan. Internet tarmog‘i o‘qituvchilar va kursantlarga yong‘inni o‘chirish sohasidagi eng so‘nggi axborotlar, texnik yutuq va usullar bilan keng tanishish imkonini yaratadi. 

Bu yerda turli tabiiy va texnogen ofatlar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan. Axborot-resurs markazida yong‘in xavfsizligi va soha xodimlari faoliyatini tartibga soladigan me’yoriy-huquqiy bazaga bag‘ishlangan nashrlar mavjud. Yangi markazning tashkil etilishi bilan kursantlar nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda oladigan bilimini yanada oshirish va mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi.