Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi
13:42 / 2026-01-31

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l-Ellikqal’a temir yo‘l yo‘nalishi bo‘ylab, Ellikqal’a tumanining “Dumanqal’a” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan tunnel tipidagi yo‘l o‘tkazgich ustidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi.

Uning ochilish marosimida Ellikqal’a tumani hokimi V. Niyazimbetov, nuroniylar, soha hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Qayd etilishicha, yo‘l o‘tkazgichning uzunligi 18 metr, eni 10 metr bo‘lib, qurilish ishlari "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan.

Mazkur avtomobil yo‘lining ishga tushirilishi transport harakatini tartibga solib, tirbandliklarning oldini olishga xizmat qiladi hamda aholi uchun qulayliklarni yanada oshiradi.

Dovud Abibullayev, O‘zA