Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yangi avlod"da saylov qizg‘in
13:13 / 2024-10-27

Boyovut tumanining barcha hududlarida bo‘lgani kabi "Yangi avlod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 45- saylov uchastkasida ham saylovga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi. Ovoz berish jarayoni aholining faol ishtiroki bilan boshlandi va davom etmoqda. Ular orasida bu siyosiy tadbirda ilk bor ishtirok etayotgan yoshlar ham bor.

– Ochig‘i, saylovga juda hayajon bilan chiqdim, –deydi Yangi avlodlik Firdavs Saidmurodov. – Mening ham ovozim qadr-qimmatga, ahamiyatga ega ekanligi yurtimizda inson qadri ulug‘ligining nishonasidir.

Aytish joizki, "Yangi avlod" mahallasida ro‘yxatga olingan 2293 nafar saylovchining 1625 nafari Firdavsning tengdoshi. 8 nafar fuqaro muddatidan avval ovoz berish huquqidan foydalangan. Ko‘chma qutilar orqali 10 nafar keksa yoshdagi, nogironligi bor fuqarolar xonadoniga tashrif ham amalga oshirildi.Bundan nafaqat bemorligi sabab uyda yotib qolganlar, ularning yaqinlari ham birdek mamnun bo‘ldi,–deydi "Yangi avlod" mahalla fuqarolar yig‘ini rasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Kubayeva.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri