Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi aviayo‘nalish: Nukus – Istanbul – Nukus
14:41 / 2024-05-14

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 9-apreldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Orolbo‘yiga sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish, ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida 2024-yil aprel oyidan boshlab Nukus – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha biletlar sotilishi va aviaqatnovlar iyun oyidan boshlab amalga oshirilishi bo‘yicha topshiriq berilgan edi.  

Qaror ijrosi doirasida parvozlar 3-iyundan boshlab har dushanba kuni amalga oshiriladi.  

Aviachiptalarni www.uzairways.com saytida, mobil ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.  

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri