Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi asar taqdimoti 
17:11 / 2024-12-16

Yozuvchilar uyushmasida shoir Boboqand Mirzoning “Ko‘rgulik” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda e’tirof etilganidek, muallifning ushbu she’riy to‘plamida ijodkor ko‘ngil kechinmalarining yorqin tasvirlari, quvonchu og‘riqlari, umidlari samimiy ifodasini topgan. Shoir she’rlarining mavzu ko‘lami, shakliy va uslubiy o‘ziga xosligi she’riyat muhiblarini o‘ziga jalb qiladi.

Mazkur kitob “Sahhof” nashriyotida chop etilgan. Unga Dadaxon Muhammadiyev muharrirlik qilgan. 

Boboqand Mirzo 1980 yil Xatirchi tumanida tug‘ilgan. U Navoiy pedagogika institutini tamomlagan. 2004 yilda ilk kitobi “Ko‘nglingiz topsam” nomi bilan chop etilgan. 2016 yili “Ikkimiz ikki olam” kitobi nashr qilingan. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar shoirning mehnat faoliyati, ijodi, she’riyati, yangi kitobining mazmuni xususida fikr bildirdi. 

Adabiy anjumanda shoir she’rlaridan namunalar o‘qildi. 

N.Usmonova, O‘zA