Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yandex Go: yo‘l-transport hodisalari xavfini kamaytirish muhim
19:19 / 2022-08-25

Yo‘l harakati qoidalari va tezlik tartibiga qat’iy rioya qilish shahar yo‘llarida halokatlarsiz harakatlanishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Yandex Go O‘zbekistonda kompaniyaning yangi ishlanmasi-buyurtmalar bajarilishi vaqtida avtomobillar harakati tezligini avtomatik ravishda nazorat qilish texnologiyasini ishga tushirdi. Monitoring xizmat ko‘rsatiladigan barcha yettita shaharda ishlaydi.

Haydovchi buyurtmani bajarayotgan vaqtda texnologiya GPS yordamida uning yo‘l xaritasini kuzatadi va uning harakat tezligini aniqlaydi. U manzilni belgilash uchun foydalaniladigan navigator ma’lumotlari bo‘yicha ushbu hududda ruxsat etilgan maksimal tezlik bilan taqqoslaydi. Agar haydovchi belgilangan tezlikdan oshib ketgan bo‘lsa, tizim bu haqda uni haydovchilik ilovasi orqali ogohlantiradi.

Texnologiya signal bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shovqinlar, jumladan koordinatalardagi kutilmagan o‘zgarishlarni hisobga oladi va bunday og‘ishlarni ajratib olishga qodir. Bir necha ogohlantirishlardan so‘ng, algoritm haydovchining xizmat ko‘rsatish buyurtmalariga kirishini vaqtincha cheklaydi.

- Biz O‘zbekiston shaharlarida xavfsizlikka katta e’tibor qaratamiz, - deydi Markaziy Osiyo bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha Yandex Go kompaniyasining ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev. – Yangi texnologiya haydovchilarga belgilangan tezlikni nazorat qilish va yo‘l-transport hodisalari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Buni boshqa mamlakatlar misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, tezlik me’yoridan oshib ketgan haydovchilarning 70 foizidan ortig‘i tizimdagi ikkinchi ogohlantirishdan so‘ng bunday qilishni to‘xtatadi.

O‘zA