Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yanada yaxshi o‘qishga va’da beramiz
17:19 / 2016-09-04

dedi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 56-umuta’lim maktabi o‘quvchilari yangi o‘quv yilining ilk mashg‘uloti – “Xotira darsi”da

dedi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 56-umuta’lim maktabi o‘quvchilari yangi o‘quv yilining ilk mashg‘uloti – “Xotira darsi”da

“Ey bolam, sening Vataning bitta – barchamizga aziz, betakror mana shu O‘zbekiston. Ota-bobolaringning xoki shu yerda yotibdi. Shu muqaddas zamin seni dunyoga keltirgan, sen uni obod etishing, himoya qilishing shart. Nafaqat sening o‘z hayoting, balki senga umid ko‘zini tikib turgan ota-onang, opa-singillaring, yosh go‘daklar, nuroniy qariyalarimizning hayoti ham ana shu burchingni nechog‘lik ado etishingga bog‘liq”.

Zangiota tumanidagi 56-umumta’lim maktabida “Xotira darsi” O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mana shu dil so‘zlari bilan boshlandi.

“Xotira darsi”da ishtirok etgan Zangiota tumani hokimi Z.Ortiqov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari Islom Karimov mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan islohotlar, tarixiy o‘zgarish va yangilanishlarning tashabbuskori hamda rahnamosi bo‘lganini alohida ta’kidladi. Vatanimiz mustaqilligining asoschisi, mamlakatimiz taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va milliy rivojlanish yo‘lini belgilab bergan buyuk davlat arbobining yosh avlodimizning hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishi yo‘lida ko‘rsatgan e’tibor va g‘amxo‘rliklari haqida so‘z yuritildi.

– Prezidentimiz Islom Karimov siymosini, biz, yoshlarga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz, – deydi maktabning 9-sinf o‘quvchisi Mohigul Abdusalomova. – Maktabimizda zamon talablari darajasida ta’lim olishimiz uchun barcha sharoit yaratilgan. O‘quv-laboratoriya va chet tili xonalari, sport zali va maydonchasi zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Biz, bu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, yanada yaxshi o‘qishga, barcha sohalarda bor imkoniyatimizni ishga solib, Vatanimizning bundan-da yuksak marralarga erishishiga hissa qo‘shamiz, deb va’da beramiz.

Toshkent viloyatidagi 877 umumta’lim maktabi, 122 kasb-hunar kolleji, 7 akademik litsey va Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan "Xotira darslari" bo‘lib o‘tdi.