Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana yo‘lingdaman
16:27 / 2021-06-24

«Adabiyot» nashriyoti tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Turob To‘laning «Yana yo‘lingdaman» kitobi chop etildi.

Kitobga shoirning xalqona ohang ufurgan she’rlari, folklorizm unsurlari bilan sug‘orilgan dostonlari kiritilgan. Turob To‘la shunchaki yozmagan. Uning har bir bitganida o‘zgacha ohangdorlik, joziba bor. Misralari sodda, samimiy. Shuning uchun ham har bir yurakka yetib boradi. Uning she’rlari bir nafasda o‘qiladi, tezda yod olinadi. Bo‘g‘zimizdagi tuyg‘uni yozgani uchun ham she’rlari o‘qishli, falsafaga yo‘g‘rilgani uchun ham o‘quvchini o‘ziga rom etaveradi.  

To‘plamga shoirning «Bayroq etdim», «Sog‘inish», «Maqtov», Dengizda», «Fozil», Turbatim, sevikli diyorim», «So‘z», «Registon Ovozi», «Muhabbat laylosi», «Ona maskanim» kabi she’riy asarlari kiritilgan.  

Kitob Dilrabo Mingboyeva muharrirligida ikki ming nusxada chop etilgan.  

 

D.Mamatova, O‘zA