Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana yetti davlat Belarus aviaparvozlariga qarshi sanksiyalarga qo‘shildi
09:52 / 2021-06-22

Yana yetti davlat Yevroittifoqning Belarus aviatashuvchilari uchun havo hududini yopish qaroriga qo‘shildi.

A’zolikka nomzod davlatlar Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya va Albaniya, shuningdek, Yevropa iqtisodiy makonidagi Islandiya, Lixtenshteyn va Norvegiya bu qarorga qo‘shildi, deyiladi Yevrokengash bayonotida.

Avvalroq, Yevroittifoq Belarusga nisbatan sanksiyalarning Belarus eksportiga mo‘ljallangan to‘rtinchi paketini qabul qilishi aytilgandi.  

Mazkur sanksiyalar paketi Yevroittifoqning 24-25 iyunda bo‘luvchi sammitida qabul qilinishi rejalashtirilgan.