Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana Samarqandda AQSHga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
08:37 / 2024-01-21

Yurtdoshlarimizning xavfsizligini ta’minlash, noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish borasida o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlardan xulosa chiqarmagan ayrim kimsalar hamon nafs ortidan jinoyatga qo‘l urmoqda.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir shunday holat fosh etildi. Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan Z.N. va Samarqand tumani Urganji mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan xususiy tadbirkor J.Z. Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F.A.ni  “Toshkent – Istanbul – Lissabon – Gvatemala – Meksika - AQSH” yo‘nalishi orqali Amerikaga noqonuniy ravishda o‘tkazishni va’da qilib, undan 23 ming AQSH dollari miqdorida pul so‘ragan. “Xojatbaror” fuqarolar F.A.dan 10 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozir ikkala fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri