Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir yengil atletikachimiz Osiyo chempioni bo‘ldi
09:44 / 2025-04-18

Saudiya Arabistonining Dammam shahri mezbonlik qilayotgan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun g‘alabalarga boy o‘tmoqda.

Musobaqaning 3 ming metr masofaga yugurish bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Anastasiya Silchenkova marraga 9 daqiqa 45.17 soniyada yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning ortidan esa xitoylik Suolang Chjuomu  10 daqiqa 0.44 soniyada finish chizig‘ini bosib o‘tgan holda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Kuchli uchlikni eronlik Samia Shax Pari 10 daqiqa 9.07 soniya bilan yakunlab berdi.

Shuningdek, 400 metrga to‘siqlar osha yugurishda Shodiyona Rahmonova shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 tadan oltin va bronza hamda 4 ta kumush jamg‘arib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘ringa chiqib oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA