Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir xorijiy nashr O‘zbekiston turizmi jadal rivojlanayotganini e’tirof etdi
16:13 / 2024-06-25

Kuvaytning ommabop “Q8 Press” elektron nashrida “O‘zbekiston-2030” strategiyasi sayyohlar sonini ko‘paytirish va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va go‘zal tabiati bilan tanilgan mamlakatimiz turizmni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgan davlatlar qatoriga kiradi. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida respublikada tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoit yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish vazifasi qo‘yilgan.

– Xorijliklar tashrifi bo‘yicha O‘zbekiston pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichning 98 foizini qayd etdi, – deb yozadi muallif. – Demak, mamlakat turizmi tez sur’atda tiklanyapti. Xorijiy turistlarni jalb qilish maqsadida viza rejimi izchil soddalashtirilmoqda, yangi yo‘nalishlar ishlab chiqilyapti, soha bilan bog‘liq loyihalarga investitsiya kiritish, yirik tadbirlar tashkil qilish ham e’tiborda.

2017-2023 yillar davomida O‘zbekistonga kelgan chet ellik sayyohlar soni muntazam ko‘paygan. Bu ko‘rsatkich Yaponiyadan 5, Hindiston va Italiyadan 3,5, AQSHdan 2 barobar ortgan.

Maqola shunday yakunlangan:

– O‘zbekiston turizmining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyasi ijobiy natija ko‘rsatmoqda. Shuningdek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida nazarda tutilgan sayyohlik sohasini rivojlantirishga oid vazifalar aholi daromadi oshishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va pirovardida xalq farovonligi ta’minlanishiga xizmat qiladi.

O‘zA