Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir teleloyiha
10:00 / 2022-03-30

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali bilan navbatdagi “Mahorat darsi” teleloyihasini yo‘lga qo‘ydi.

 Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad  "ustoz-shogird" an’analarini munosib davom ettirish, san’atimiz darg‘alarining ijodiy tajribalarini yoshlarga namuna sifatida ulashib borishdir.  

Shu bois O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston xalq hofizi Beknazar Do‘stmurodovning mahorat sabog‘i tashkil etildi.  



Bunda ustoz san’atkor institut talabalari hamda milliy qo‘shiqchilik yo‘nalishiga ixlosmand yoshlarga san’at sirlari, sahna madaniyati, asrlar osha tinglovchilarni o‘ziga rom etib kelayotgan mumtoz asarlarning ijro yo‘llari, ularni kuylash uslublari haqida so‘zlab berdi.  

Shuningdek, mazkur jarayonda xalq hofizi tomonidan shogirdlarga ustozlardan meros ashulalarni qanday ijro etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tildi. O‘zaro savol-javob, ijodiy muloqot tarzida o‘tgan mazkur mahorat sabog‘i nafaqat shogirdlar, balki ijodiy jamoa uchun ham taassurotli bo‘ldi.  

O‘zA