Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir soha fidokori “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
10:13 / 2025-11-21

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jumadulla Rametov tavalludining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir doirasida madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov vazirlikning “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini Jumadulla Rametovga topshirdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jumadulla Rametov teatr va kino sohasida samarali faoliyat yuritib, soha rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shdi. U teatr sahnasida va kinoda bir-birini mutlaqo takrorlamaydigan obrazlar bilan tanilib, xalq ko‘nglidan joy olgan san’atkor.  

Jumadulla Rametovning teatr sahnasida ijro etgan obrazlari talaygina. Xususan, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklida sozanda, “Arshin mol-olan”da Asqar, “Hujjatli axmoq”da sudya, “Maysaraning ishi”da doirachi, “Qaytar dunyo”da Tohir, “Buxoroi- sharif”da qori, “Tog‘a va jiyanlar”da trest boshlig‘i, “Sehrli hassa”da qorbobo, “Yozilmagan maktub”da general, “Hayot baribir go‘zal”da Ahmad qora, “Otasining qizi”da Izzat Otaqulovich kabi rollari shular jumlasidan.  

Ayni paytda Jumadulla Rametov bir qator kinofilmlarda ham bosh rollarni ijro etgan.  

U ko‘p yillik tajribaga ega ustoz san’atkor sifatda san’at sohasidagi yoshlarga sahna mahorati sirlarini o‘rgatdi. “Ustoz va shogird” an’anasini davom ettirgan holda ko‘pchilik yosh ijodkorlar tomonidan ustoz deb tan olingan.

N.Usmonova,  

O‘zA