French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir shifokor kaltaklandi
19:03 / 2022-11-05

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Uyshun oilaviy poliklinikasida xizmat vazifasini bajarib turgan 59 yoshli shifokor kaltaklandi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poliklinikada 35 yildan buyon umumiy amaliyot shifokori (ayni paytda oilaviy shifokor) bo‘lib ishlab kelayotgan  X.D. qabuliga 2022 yil 3 noyabrda kech soat 18:30 atrofida bir notanish erkak 2 nafar ayol bilan kelgan.  

Erkak shifokorga turmush o‘rtog‘ining betobligini aytib, uni tekshirib qo‘yishini so‘ragan. Shifokor unga bemorni tekshirguniga qadar oyoq kiyimidagi loyni tashqarida yuvib kelishini aytgan. Shundan so‘ng erkak shifokorni haqoratlab, bo‘ynidan bo‘g‘ib, ayovsiz mushtlab, tepkilab tashlagan.  

Olingan jarohatlar natijasida shifokor hushini yo‘qotgan va Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga “Peshona, ikkala yonoq, yuz, burun usti, bo‘yin sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, ko‘kargan jarohatlari, tirnalmalar, bosh chayqalishiga gumon” tashxisi bilan yotqizilgan. Ayni paytda davo muolajalari davom ettirilmoqda.  

Mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘rganilmoqda.

O‘zA