Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir sanitariya qoida va me’yorlari jahon standartlariga moslashtirildi
14:21 / 2024-01-05

“Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashning sanitariya qoidalari va normalari” (0060-23-son SanQvaN) yangi tahrirda ishlab chiqildi.

Xo‘sh, radiochastotalar o‘zi nima? 

Radiochastotalar (radioto‘lqinlar) – belgilar, signallarni, yozma matnni, tasvirlar va tovushlarni uzatish yoki qabul qilish maqsadida fazoda sun’iy to‘lqin o‘tkazgichsiz tarqatiladigan, shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan chastotali elektromagnit to‘lqinlar hisoblanadi. 

Hozirgi kunda o‘lchov uskunalari sezgirligi oshgani sababli eng kichik elektromagnit maydon ko‘rsatkichi 60 kilogersdan 3 kilogersgacha kamaytirildi. 

Huquqiy norma va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari predmetiga taalluqli bo‘lmagan hamda eskirgan bandlar olib tashlangan. Jumladan, sanitariya qoidalarining majburiyligi, boshqa hujjatlarda e’tiborga olish zarurligi, radiochastota manbai uskunalari turlari, o‘lchov uskunalarining “O‘zstandart” guvohnomasi bo‘lishi, izotop datchikli o‘lchov asboblarini ishlatish zarurligi, injener-texnik chora-tadbirlar. Shuningdek, eskirgan o‘lchov asboblarining nomlari olib tashlangan. 

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi SanPiNlari bilan uyg‘unlashtirilgan. 

Ish joylaridagi energiya ekspozitsiyasining, elektromagnit maydonlarining kuchlanishi va energiya oqimining ruxsat etilgan maksimal darajalari xalqaro talablarga moslashtirilgan. Elektromagnit maydon ko‘rsatkichlarini o‘lchash davriyligi, o‘lchov vositalariga bo‘lgan talablar, instrumental nazoratga tayyorgarlik va nazorat o‘tkazish tartibi keltirilgan. 

O‘zA