AQSH Kaliforniya shtatida kichik samolyot halokatida 2 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi.
“Flight Aware” havo harakatini kuzatuvchi veb-sayt yozishicha, uchoq Orinj okrugidagi aeroportdan ko‘tarilgan va ikki daqiqa o‘tib, yaqin atrofdagi mebel fabrikasi tomiga qulagan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, jarohatlanganlarning barchasi zavod xodimlari, qurbonlar esa samolyot sahnidagilar.
Sakkiz nafar jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, 11 kishi shifoxonaga yetkazildi.
Aeroport rasmiysi Kris Vilyalobos uchuvchi havo harakatini boshqarish xizmatiga favqulodda qo‘nish uchun qaytish niyatini ma’lum qilganini aytdi. Nosozlik sababi esa noma’lumligicha qolmoqda.
Samolyot sohibi ushbu aeroport xizmatidan tez-tez foydalangan. Fullerton politsiyasi bayonot berib, qurbonlarning shaxsi yaqin qarindoshlari xabardor qilingandan keyin aniqlanishini ta’kidladi.