English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir pora olish holati aniqlandi
13:15 / 2025-12-13

Jizzaxda “Suv ta’minoti” tizimida sodir bo‘lgan poraxo‘rlik holati yana bir bor sohadagi nazorat va oshkoralik masalalarini kun tartibiga olib chiqdi.

Tezkor tadbir natijasida “Jizzax suv ta’minoti” AJ shahar filialining uch nafar xodimi pora olayotgan paytda ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, xodimlar fuqaroning uyida noqonuniy suv ulanishi holatini aniqlagan. Ammo amaldagi qonunchilikka ko‘ra dalolatnoma rasmiylashtirish o‘rniga, ular ushbu kamchilikni “bosti-bosti” qilishni rejalashtirgan. Evaziga 400 dollar miqdorida pul talab qilishgan. Bu bilan ham cheklanib qolinmay, kelgusi reydlarda ham noqonuniy ulanish uchun dalolatnoma tuzmaslik, qarzdorlikni elektron bazadan yo‘qotish, yangi hisoblagich o‘rnatish kabi noqonuniy “xizmatlar” uchun qo‘shimcha 5 million so‘m so‘rashgan.

Tezkor tadbir jarayonida xodimlar aynan shu talab qilingan mablag‘ni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Abdujalol Qayumov, O‘zA