Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi
15:14 / 2025-10-20

Shayxontohur tumanining Taxtapul mahallasidagi 42-oilaviy poliklinika kapital ta’mirdan so‘ng aholi uchun foydalanishga topshirildi.

Toshkent shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tibbiyot maskani to‘rtta mahalla aholisiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Poliklinikada bemorlarni qabul qilish, laboratoriya va diagnostika va boshqa xonalarga so‘nggi rusumdagi tibbiy anjomlar o‘rnatildi.

Ochilish tadbirida tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan yangi ish sharoitlari, aholiga ko‘rsatiladigan xizmat sifati va qulayliklar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, ushbu tashabbus aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, tibbiyot tizimini yanada rivojlantirish va mahallalarda farovon hayot yaratish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biridir.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA