Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir oilaga quvonch ulashildi
15:33 / 2022-06-07

Inson qadr-qimmati, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar masalalari doimiy diqqat-e’tiborda bo‘lib, bu boradi izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Nogironligi bor shaxslarga g‘amxo‘rlik qilish, o‘zgalar yordamiga muhtoj shaxslarga yordam ko‘rsatish doimiy e’tiborda.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, Yertepa qishlog‘ida yashovchi 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro Farhod Jalilov bemorligi sabab yurish imkoniyati cheklanib qolgandi. Unga viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab- quvvatlash boshqarmasi va “Mahalla” jamoat fondi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda nogironlik aravachasi topshirildi. Xonadon vakillari hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan minnatdor bo‘ldi.

O‘lmas Barotov,
O‘zA muxbiri