English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir oila qayta tiklandi
11:47 / 2021-08-09

Buxoro viloyati Majburiy ijro byurosi Romitan tumani bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 2020 yil 16 iyuldagi qarzdor M.Mirzoyevdan undiruvchi O.Jumanazarova foydasiga 2016 yilda tug‘ilgan bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun har oy jami daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushdi.

– Aliment to‘lovlari oyma-oy to‘lab kelingan bo‘lsada, davlat ijrochilari tomonidan er-xotin o‘rtasida tushuntirish ishlari o‘tkazildi, – deydi Byuroning Romitan tumani bo‘limi davlat ijrochisi Nurali Yarashov. –Pirovard natijada yosh oila tiklandi. Hozirda tinch-totuv turmush kechirmoqda. Undiruvchining ijro hujjatini ijrosiz qaytarish haqidagi murojaatiga asosan ijro hujjati tegishli tartibda qaytarildi.  

Zarif Komilov, O‘zA