Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
12:12 / 2024-08-14

Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali mutaxassislari tomonidan navbatdagi nisbatan murakkab yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti bajarildi.

Yuqori texnologik operatsiya muassasa bosh vrachi F.Haydarov, yetakchi endoxirurg F.G‘ulomov, bo‘lim mudiri Sh.Abdurahmonov, xirurg F. Xoliqovlar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

– Yosh o‘tgan sayin kishi organizmida muskul hamda bog‘lov tizimidagi atrofik yoki degenerativ o‘zgarishlar natijasida tana umumiy tonusi sustlashib boradi, –deydi muassasa bosh vrachi F.Haydarov. –Shu jumladan, qizilo‘ngachning bog‘lov tizimi zaiflashadi. Diafragma teshigi kengaya boshlaydi. Bu jarayonga qo‘shimcha omillarning qo‘shilishi, ya’ni qorin bo‘shlig‘ida bosimning oshishi diafragma churralarini keltirib chiqaradi. Diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari bu qorin bo‘shlig‘ida joylashgan ayrim a’zolarning ma’lum sabablarga ko‘ra ko‘krak qafasiga chiqishidir. Shuning uchun ham yuqorida qayd etilgan churra turi 50 yoshdan oshgan odamlarda ko‘p uchraydi.  

Ahamiyatli jihati, ilgari bu singari bemorlar chet el yoki poytaxt yetakchi klinikalarida katta mablag‘ evaziga davolanishga majbur bo‘lishgan.  

Hukumatimizning sohaga e’tibori, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar samarasida hozir bemorlar o‘z yashash hududida, xususan, filiallarda shifo topish imkoniyatiga erishilmoqda.  

Zarif Komilov,

O‘zA muxbiri