Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir muhim tashabbus amalga oshirilmoqda (+video)
14:06 / 2024-10-16

Sog‘liqni saqlash va Tashqi ishlar vazirliklari hamda mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ko‘magida Podshoh Salmon Gumanitar yordam markazi tomonidan O‘zbekistonga yo‘naltirilgan xayriya aksiyasi doirasida muhim tibbiy tashabbus ilgari surildi.

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasida kardioxirurgik jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun ushbu arab davlatidan 20 ga yaqin yetuk mutaxassis tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan amaliy anjumanda Podshohlikning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf ibn Solih Al-Gahra Al-Utaybiy, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Sultonov va Tashqi ishlar vazirligi vakolatli xodimlari mazkur xayriya tashabbusining ahamiyatiga to‘xtalib, soha rivojida xalqaro hamkorlik muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

[gallery-19781]

– Mazkur loyiha davlatlarimiz o‘rtasidagi iliq munosabat mahsulidir, – dedi Markazning xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Zafarbek Abdug‘afurov. –Shu orqali shifokorlarimiz o‘zaro tajriba almashishi, malaka oshirishi hamda do‘stlik rishtasini mustahkamlashi maqsad qilingan. Saudiya tomoni ta’kidlashicha, yil oxirigacha yana ikki marta mutaxassislar almashinuvi nazarda tutilgan. Sheriklik doirasida zamonaviy jarrohlik amaliyoti uchun zarur asob-uskunalar yetkazilayotgani ham tahsinga sazovor.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GD4HC19FbSA" title="Yana bir muhim tashabbus amalga oshirilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muassasa rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Saidmurod Ismoilov ta’kidlashicha, bir hafta davomida hamkorlikda yurak kasalliklaridan aziyat chekayotgan ko‘plab xasta insonlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatiladi, ochiq va yopiq jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Bunday yuqori texnologiyali opreatsiyalar nafaqat poytaxtda, balki hududlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Elchi Yusuf Al-Utaybiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilganidan mamnunligini bildirib, barcha bemorlar tezda sog‘ayib ketishini tiladi.

Muharrama Pirmatova,

Asliddin Alijonov (surat), Ulug‘bek To‘xtayev (video),

O‘zA