Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir maktab foydalanishga topshirildi
15:26 / 2025-11-07

Mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli islohotlar qatorida ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda yuzlab yangi maktablar qurildi, zamon talablari asosida ta’mirlandi. O‘quvchilar uchun qo‘shimcha o‘rinlar yaratildi.

Xususan, poytaxtimizning Sergeli tumanida yana bir yangi maktab kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Jumladan, 268-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’mirlash ishlari davlat dasturi doirasida amalga oshirilib, ta’lim muassasasi zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.

Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, mazkur maktabda 1 ming 390 nafar o‘quvchi tahsil oladi va ularga 84 nafar malakali pedagog saboq beradi. Har bir o‘quv xonasi zamonaviy jihozlar, kompyuterlar va sport zallari bilan ta’minlangan.

Yangicha qiyofaga ega bo‘lgan 268-maktab Sergeli ta’lim tizimida muhim o‘rin tutib, yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA