Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir guruh hamyurtlarimiz Umra safariga yo‘l oldi
11:34 / 2022-02-01

Bugun, 1 fevral kuni soat 9:00 da “Umra-2022” mavsumining navbatdagi ziyoratchilari – Toshkent shahri va Samarqand viloyati vakillari Toshkent xalqaro aeroportidan HY 3303-sonli reys bilan Toshkent - Jidda yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketdi.

Muborak safarga yo‘l olgan yurtdoshlarimizni mutasaddi vakillar, ziyoratchilarning yaqinlari, OAV vakillari kuzatib qoldi.

Fuqarolarimiz Saudiya Arabistoni Jidda shahriga yetgach, zamonaviy avtobuslarda Madina shahriga borib, barcha sharoitlarga ega mehmonxonaga joylashadi. Keyin Madinai munavvarada ziyorat boshlanadi.

Mazkur reys (HY 3310) 11 fevral kuni soat 21:00 da Toshkentga qaytib kelishi ko‘zda tutilgan.

O‘zA