Yana bir davlat Belarus bilan chegaraga tikanli sim to‘siq o‘rnatishga qaror qildi
Latviya hukumati mazkur to‘siqni tiklash ishlariga 1,7 million yevro miqdorida mablag‘ ajratilishini tasdiqladi.
“TASS”ning mazkur davlat ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib bergan xabarida ko‘ra, vazirlar mahkamasi sharqiy chegaralar himoyasi va noqonuniy migratsiyaning oldini olish uchun mablag‘ ajratilishini ma’qullagan.
“2021 yilda tikanli simlarni sotib olish va o‘rnatish rejalashtirildi. Bu maqsadga qo‘shimcha 1 million 729 ming 421 yevro ajratiladi”, deyiladi ma’lumotda.