Yana bir chavandozimiz Abu-Dabida shohsupaga ko‘tarildi
Abu-Dabi shahrida (BAA) ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha o‘tayotgan CSI4-W* toifasidagi xalqaro musobaqa FEI rasmiy taqvimiga kiritilgan bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlari qatori o‘zbek chavandozlari ham ishtirok etmoqda.
Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Sharipov “CSIU 25” tasnifidan o‘rin olgan 1 metr 35 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, yaqinda Abu-Dabi shahridagi «FBMA» klubida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan xalqaro musobaqada Abdurahmon Abdullayev «CSIU 25-A» toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilib, yakunda kumush medalga sazovor bo‘lga edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA