French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana 45 nafar fuqaromiz Janubiy Koreyaga ketdi
14:46 / 2026-01-19

Koreyaning SPAS – elektron ish qidiruvchilar bazasida ro‘yxatdan o‘tgan va ish beruvchilar tomonidan tanlab, olingan yana 45 nafar yurtdoshimiz vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, 2025 yil Ye-9 (ishchi) vizasi asosida xorijda ishlash huquqi uchun 5 marta tanlov o‘tkazilib, o‘tgan yil 1 yanvardan bugungi kunga qadar jami 2143 nafar hamyurtimiz imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan va Koreya Respublikasiga ketgan. Mehnat shartnomasi doirasida tanlangan fuqarolarni yuborish hozir ham davom etyapti.

– Avval faqat qo‘shni davlatlarda ishlaganman, endi esa dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri – Janubiy Koreyaga ketyapman, – deydi namanganlik Shuhrat Ergashev. – Bir oy davomida ko‘nikma darslariga qatnadim. Koreyaning madaniyati, tarixi, mazkur davlatdagi qonun-qoida haqida tushunchaga ega bo‘ldim. Bu bizga begona yurtda yaxshi ishlash, xorijga ko‘nikishda ancha yordam beradi.

Ahamiyatli jihati shundaki, SPAS bazasidagi nomzodlarni koreyalik ish beruvchilarning o‘zlari tanlaydi. Jarayonga uchinchi shaxslar aralashmaydi.

Umuman, ayni jarayonda fuqarolarimizdan ehtiyotkorlik talab etiladi. Janubiy Koreyada ishlash huquqi uchun tanlovdan o‘tishda yordam berishni va’da qilib, pul talab qilayotgan shaxslar – firibgarlar uchrashi mumkin. Bunday holatga duch keganlar zudlik bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga xabar berishlari lozim.

G.Sattorova, O‘zA