English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana 411 nafar o‘g‘il-qiz xorijda o‘qiydi
15:47 / 2024-10-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2018 yil tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining joriy yil 14 oktyabrdagi qaroriga asosan, 2024 yilgi 1-ochiq stipendiyasi egalari e’lon qilindi. Mazkur tanlovida munosib qatnashgan va eng yuqori ball to‘plagan 411 da’vogar – iqtidorli yoshlar va mutaxassislar “Jamg‘arma stipendiati” sifatida e’tirof etildi.

Qayd etish joiz, g‘oliblarning 95 foizi Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya, Avstraliya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlardagi nufuzli oliy o‘quv yurtlariga yo‘l oladi.  

Mamlakatimiz yoshlariga ko‘rsatilayotgan alohida g‘amxo‘rlik sabab, bugungi kunda O‘zbekistonning salohiyatli yoshlari dunyoning eng nufuzli “TOP-300” universitetlari, ilmiy markazlarida tahsil olish imkoniga ega.  

Go‘zal Sattorova,  

O‘zA