English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana 38 nafar fuqaro Amur viloyatida ishlaydi
08:30 / 2021-10-12

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Rossiya Federatsiyasining “PSP” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Ushbu kelishuvga asosan tashkil etilgan tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning 38 nafari belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sug‘urta xizmatlari ko‘rsatildi va Namangan xalqaro aeroportidan Amur viloyatidagi Kosmodrom qurilishida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan tartibda jo‘natildi.

Shuningdek, Agentlik va Rossiya Federatsiyasining “PIK-Industriya” AJ o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan 16 nafar fuqaro Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi aviareys orqali ishlash uchun tashkiliy tartibda jo‘natildi.

Xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilib, tarqatma materiallar berildi.